"UFC Fight Night 178". Kovington, Chimaev g‘alabaga erishdi va qolgan qolgan natijalar
AQShning Las-Vegas shahrida "UFC Fight Night 178" turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqaning asosiy janglarida qiziqarli natijalar qayd etildi.
Oqshomning markaziy jangida Kolbi Kovington va Tayron Vudli qarama-qarshiligiga guvoh bo‘ldik. Jangda Kovington 5-raundda texnik nokaut evaziga zafar quchdi.
Donald Serrone hamda Nik Prays o‘rtasida kechgan jangda g‘olib nomi aniqlanmadi va hakamlar qaroriga ko‘ra, durang qayd etildi.
Xamzat Chimaev Jerald Mershartga qarshi jangning dastlabki raundida nokaut evaziga g‘alabani tantana qildi.
Jonni Uoker - Rayan Spenn jangida Uoker ilk raundda nokaut qayd etishga erishdi.
Makkenzi Dern esa Randa Markos ustidan birinchi raundda bo‘g‘ish uslubi evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Kevin Xolland hakamlar qaroriga ko‘ra, Derren Styuart ustidan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar