"UFC On ESPN 58" turnirida qayd etilgan natijalar bilan tanishing!

  • 16 iyun, 2024, 19:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Bugun AQSh ning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan "UFC On ESPN 58" turniri o‘z yakuniga etdi. Musobaqaning asosiy to‘qnashuvida Aleks Peres va Tatsuro Taira bahs olib bordi. Quyida janglarning to‘liq natijalari bilan tanishishingiz mumkin:

Prelim kard:

 Ayollar minimal vazni: Jozefin Knutsson hakamlarning yakdil qarori bilan Juliya Polastri ustidan g‘alaba qozondi (29-28, 29-28, 29-28);

 Yarim engil vazn: Melkizael Kosta Shailan Nurdanbekni bo‘g‘ish usulida engdi, 3 raund;

 Yarim engil vazn: Vestin Uilson Jeka Saragini sabmishshin bilan mag‘lub etdi, 1 raund;

 Ayollar super engil vazni: Gabriela Fernandes Karli Judis ustidan ochkolar bo‘yicha ustun keldi(29-28, 28-29, 29-28);

Super engil vazn: Neyt Meniss hakamlarning yakdil qarori bilan Jimmi Flikni engdi (30-27, 30-27, 29-28).

Asosiy kard:

 Yarim o‘rta vazn: Adam Fugitt ochkolar evaziga Josh Kuinlan ustidan zafar quchdi (29-28, 28-29, 29-28);

 Super engil vazn: Asu Almabaev hakamlarning bir yakdil qarori bilan Xose Jonsonni mag‘lubiyatga uchratdi(30-27, 30-27, 30-27);

 O‘ta engil vazn: Bredi Histend Garrett Armfildni bo‘g‘ib qo‘ydi, 3 raund;

Yarim engil vazn: Lukas Almeyda hakamlarning yakdil qarori bilan Tim Kuambani mag‘lub etdi (29-28, 29-28, 29-28);

 O‘ta engil vazn: Maylz Jons hakamlarning yakdil qarori bilan Duglas Silva De Andradedan ustun keldi (30-27, 30-27, 29-28);

 Super engil vazn: Tatsuro Taira Aleks Peresni texnik nokautga uchratdi, 2 raund.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!