UFC sharhlovchisi Pyotr Yanga kuchli raqib topdi

  • 05.01.2026 13:54
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC sobiq chempioni, hozirda sharhlovchi va tahlilchi Maykl Bisping oʻta engil vazn toifasidagi kamar taqdiri haqida gapirdi.

"Agar Merab Dvalishvili tanaffus olsa, ehtimol yarim yilga, Pyotr Yan hamyurti Umar Nurmagomedov bilan jang qilsin. Chunki Umar mazkur diviziondagi eng kuchli yigitlardan biri. Keyin gruzin qaytib kelgach, gʻolib bilan kurashaveradi", - dedi Bisping "JAHHON" podkastiga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, 24 yanvar kuni Las-Vegasda (AQSh) boʻlib oʻtadigan "UFC 324" turnirida Umar Nurmagomedov braziliyalik Deyvison Figeireduga qarshi oktagonga koʻtariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!