UFC sobiq chempioni qamoqdan qaytgach nimalar dedi?

  • 13.03.2026 05:45
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Xabaringiz bor, og‘ir vazn toifasida UFC sobiq chempioni Keyn Velaskez o‘tgan oy ozodlikka chiqarildi. Bugun esa u ommaga ilk murojatini yo‘lladi.

"Ozodlikka chiqqanimdan beri bir necha hafta o‘tdi va asta-sekin odatiy hayotga qaytyapman. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Sizning so‘zlaringiz men va oilamni ruhlantirdi. Katta rahmat. Yana ozodlikda bo‘lish qanday yaxshi!" - dedi amerikalik ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan videoda.

Eslatib o‘tamiz, Keyn Velaskez 2019 yilda aralash jang san’atidagi faoliyatini yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!