UFC sobiq jangchisi: "Volkanovskini besh raundlik jangda enga oladigan raqibni ko‘rmayapman"
UFC sobiq jangchisi Jermiy Kennedi yarim engil vazn (65 kg) chempioni Aleksandr Volkanovski haqida gapirib o‘tdi.
"UFC Movsar Evloevni keyingi da’vogar sifatida ko‘rmayotgandek. Menimcha, Leron Myorfiga chempionlik imkoniyati beriladi, chunki u super g‘alabalar bilan dadil qadam tashlamoqda… Biroq men hanuz yarim engil vaznda Volkanovskini besh raund davomida katta ustunlik bilan enga oladigan hech kimni ko‘rmayapman", — deya Kennedining so‘zlarini keltirdi "BJ Penn" nashri.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr oxirgi jangini "UFC 314" turnirida o‘tkazib, Diego Lopesni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandi.
Fikrlar