UFC tarixidagi eng katta jang qaysi edi? Jon Jons javob berdi
UFC ning yarim og‘ir va og‘ir vazn toifasidagi sobiq chempioni Jon Jons shvetsiyalik Aleksandr Gustafsson bilan birinchi jangini UFC tarixidagi eng katta bahs deb hisoblashini aytdi.
"Gustafssonga qarshi birinchi jangim promoushen tarixidagi eng katta to‘qnashuv edi. Bu qarama-qarshilikning bir qismi bo‘lish juda zo‘r va hozir ham uni tomosha qilish menga juda yoqadi", - dedi amerikalik "Sportsnet" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Jons va Gustafsson o‘rtasidagi bahs 2013 yilning 21 sentabr kuni "UFC 165" turnirida bo‘lib o‘tgan va to‘liq besh raund davom etgan jangda hakamlarnig yakdil qarori bilan Jonsning qo‘li baland ko‘tarilgandi.
Fikrlar