UFC tugatiladi, o‘rnini esa boshqa liga egalaydi!

  • 11.03.2026 16:17
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

"Most Valuable Promotions" promouterlik kompaniyasi o‘zining birinchi MMA turnirini o‘tkazishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uning hammuassisi Jeyk Pol esa liga MMA sanoatida etakchilikni qo‘lga kiritishiga ishonch bildirdi.

"MMA hozir g‘alati holatda. O‘ylashimcha, bir necha yildan so‘ng UFC tugatiladi, o‘rnini esa MVP egallaydi. Bizda butun MMA sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, katta jangchilarni tashkil etish va jangchilarga munosib pul to‘lash uchun ulkan imkoniyat bor", - dedi Pol "Most Valuable Promotions" matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, MVP ning birinchi turniri 16 may kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!