
UFC yulduzi 2 ta jangdan so‘ng faoliyatini yakunlamoqchi
MMA yulduzi Dastin Pore faoliyatini yakunlashdan oldin yana 2 ta jang o‘tkazishini ma’lum qildi.
"Faoliyatimni ona yurtimda yakunlamoqchiman. Yani Luizianada so‘nggi jangimni o‘tkazishni xohlayman. Oxirgi 2 raqibim Den Xuker va Neyt Diaz bo‘lsa, ajoyib bo‘lardi...Ammo buni men emas, UFC rasmiylari hal qiladi", - deya sportchining so‘zlarini keltirdi "MMA Hour".
Eslatib o‘tamiz, Dastin Pore "UFC 302" da Islam Mxachevdan mag‘lub bo‘lganidan so‘ng hali oktagonga chiqmadi.
Fikrlar