
UFC yulduzlari boks qoidalari asosida jang qilishi mumkin
UFCning engil vaznida jang qiluvchi Dastin Pore boks qoidalari asosida Neyt Diasga qarshi jang qilishga tayyor ekanligini aytdi.
"Men Dias bilan boks qoidalari asosida jang qilishga tayyorman. Boxing Zuffa buni tashkil qilib berishini xohlardim.
Aka-uka Diaslar doim boksda jang qilishni istashligini aytib kelishgan. Yigitlar sizlarga o‘z imkoniyatlarimni ko‘rsatib qo‘ymoqchiman," - dedi Pore.
Eslatib o‘tamiz, Pore o‘zining so‘nggi jangida UFC 242 doirasida Xabib Nurmagomedovga yutqazib qo‘ygandi.
Fikrlar