"Аugsburg" chempion "Bavariya"ni uyaltirib qo'ydi

  • 10.10.2026 21:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bavariya» Germaniya chempionati beshinchi turida «Augsburg» mehmoni bo‘lib, maydonni g‘alabasiz tark etdi. Qizg‘in kurashlarga boy o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi. 

«Augsburg» tarkibida Robin Fellhauyer va Rodrigu Ribeyru gol mualliflari bo‘ldi. Robin Fellhauyer hisobni uchrashuvning ilk daqiqasidayoq ochdi: u myunxenliklar darvozaboni Manuel Noyer yo‘l qo‘ygan xatodan foydalanganib, to‘pni sakkizinchi soniyasidayoq darvozaga yo‘lladi. 

Bu zarba Bundesliga tarixida eng tez urilgan gol sifatida qayd etildi. 

Ikkinchi golni Rodrigu Ribeyru 64-daqiqada kiritdi. «Bavariya» tarkibida Ismoil Saybari va Nataniyel Braun o‘z jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi. Saybari 55-daqiqada hisobni tenglashtirsa, Braun 80-daqiqada yana bir bor muvozanatni tikladi. Beshinchi turdan so‘ng «Bavariya» 11 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Augsburg» esa 8 ochko jamg‘argan holda beshinchi pog‘onada joylashgan. Kelasi turda «Bavariya» 17 oktyabr kuni o‘z maydonida «Leyptsig»ni qabul qiladi. Shu kuni «Augsburg» safarda «El’fersberg»ga qarshi bahs olib boradi. 

Kunning boshqa uchrashuvlari quyidagicha yakunlandi: «Maynts» – «Bayer» – 3:4 «Paderborn» – «Shtutgart» – 0:2 «Union» – «El’fersberg» – 1:0 «Xoffenxaym» – «Gamburg» – 2:3

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!