
Ukrainadagi harbiy holat mamlakat futboliga ham ta’sir qildi
Ukraina Premer-ligasi o‘zining rasmiy saytida turnir to‘xtatilganini e’lon qildi.
Chempionatda yuzaga kelgan ushbu pauza mamlakatda harbiy holat joriy etilgani bilan bog‘liqligi aytilgan.
Ma’lumot uchun, qishki tanaffusdan keyin UPLning qayta tiklanishi 25 fevral, juma kuniga belgilangan edi. 18 turdan so‘ng chempionatda Donetskning "Shaxtyor" klubi peshqadamlik qilmoqda. "Konchilar" hisobida 47 ochko bor.
Fikrlar