Ukrainalik bokschi WBO kamarini qo‘lga kiritmoqchi

  • 3 may, 2020, 19:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

WBC yo‘nalishining yarim og‘ir vazn toifasidagi sobiq chempion Aleksandr Gvozdik WBO chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandan so‘ng, Artur Beterbiev bilan revansh o‘tkazish istagida ekanligini aytdi.

Tecno

"Endi men uchun WBO yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanish ma’qul. Chunki bu yo‘nalishda chempionlik vakant bo‘lib turibdi. WBO da chempionlikni qo‘lga kiritish va Beterbiev bilan yana bir bora ringga chiqish uchun yaxshi imkoniyatlar bor”, - dedi Gvozdik Instagram Pro Boxing UA ga.

2019 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda Gvozdik rossiyalik Beterbievga IBF va WBC chempionlik kamarlarini  birlashtiruvchi jangning 10-raundida nokaut evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!