Ukrainlar bir zarba bilan tarixda qoldi
Evropa chempionatining nimchorak finali doirasida Ukraina terma jamoasi Shvetsiyani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
Shotlandiyaning Glazgo shahri mezbonlik qilgan ushbu uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida durang bilan tugadi.
G‘olibni aniqlash uchun qo‘shib berilgan taymlarning so‘nggi daqiqasida ukrainalik hujumchi Artyom Dovbik aniq zarba bilan jamoasi g‘alabasini ta’minladi. Bu to‘p 120, 37-daqiqada kiritildi va Evropa chempionatida eng kech urilgan g‘alabali gol sifatida qayd etildi.
Avvalgi rekord frantsiyalik Mishel Platiniga tegishli bo‘lib, 1984 yilgi musobaqada Portugaliya darvozasiga kiritilgandi. O‘shanda mashhur hujumchi 118, 53–daqiqada darvozani ishg‘ol qilgan.
Umuman olganda esa, Evropa chempionatlari tarixida eng kech urilgan gol muallifi turkiyalik Semix Shenturk hisoblanadi. U 2008 yilgi musobaqada uchrashuvning 121, 01-daqiqasida Xorvatiya darvozabonini ojiz qoldirgan, biroq bu gol Turkiyaga g‘alaba keltirishga etarli bo‘lmagan edi.
Fikrlar