Ular Abduqodir Husanovni tanlashdi!

  • 10 dekabr, 2024, 23:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatining 14-turida “Lans” o‘z maydonida “Monpele” futbolchilarini qabul qilib, raqib ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Mezbonlarning g‘alabasini ko‘p jihatdan markaziy himoyachilar – Abduqodir Husanov va Kevin Dansoning bexato o‘yini ta’minladi.

O‘zbek futbolchisi birinchi bo‘lim oxirlarida “Monpele” darvozasi ishg‘ol qilingan hujumni boshlab berdi va jamoadoshi Rebi Labo hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Amalda aynan mana shu gol uchrashuv taqdirini lansliklar foydasiga hal qildi.

Ushbu bahsdan keyin lensois.com sayti muxlislar o‘rtasida so‘rov o‘tkazib, “Lans”ning uchrashuvdagi eng yaxshi o‘yinchisini aniqladi.

So‘rovnoma natijasida Abduqodir Husanov yana bellashuvning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga sazovor bo‘ldi.

Ovoz berish yakunlari quyidagicha ko‘rinish oldi:

Abduqodir Husanov : 51,95 foiz.

Bris Samba: 28,01 foiz.

Remi Labo-Laskari: 8,83 foiz.

Kevin Danso : 4,07 foiz.

Boshqalar: 3 foizdan kam.

LENSOIS.COM izohi:

Abduqodir Husanov joriy mavsumda ettinchi marotaba uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida tanlandi. Kevin Danso bilan birga himoya markazini egallagan o‘zbek legioneri bexato o‘ynadi. Bundan tashqari, uchrashuvda darvozabon Bris Sambaning ham o‘rnini egalladi. Samba “Monpele” futbolchisi zarbasini qaytarib, maydonga yiqildi, takroriy zarbani Husanov boshi bilan qaytarib yubordi va to‘pning bo‘sh qolgan darvozaga kirib ketishiga yo‘l qo‘ymadi.

Shuningdek, “Lans” muxlislari ham so‘rovnoma natijalari va Husanovning o‘yini bo‘yicha o‘z fikr- mulohazalarini bildirdi.

Sports.uz portali ularning munosabatini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

KALENSMUENDO:

Husanov haqiqatdan zamonaviy himoyachiga xos barcha xislatlarni o‘zida mujassam qilgan. U hali “Lans”daligida unday foydalanib qolishimiz kerak. Uning o‘sib borayotganini ko‘rish mamnuniyat bag‘ishlaydi.

BASS62:

Abduqodirning kamchiligini topish qiyin. U tezkor, shiddatli, to‘p bilan erkin muomala qiladi, zarbasi zo‘r va uzoq masofaga aniq pas uzatadi.

SYL1362:

Husanovning o‘yinlaridan bahra olaylik. Abduqodir o‘ziga berilgan kichik imkoniyatdan maksimal darajada foydalanib qoldi. Juda tez o‘zdi va muhim o‘yinchiga aylandi.

Men Husanov uzoqdan zarba yo‘llab yoki burchakdan to‘p uzatilgan oldinga o‘tib, gol urishini juda xohlayman. Bu biz muxlislar uchun juda yaxshi xayrlashuv sovg‘asi bo‘lardi. Chunki baribir uni katta summa evaziga bizdan olib ketadigan grand klublar topiladi.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2023 yilning yozidan beri “Lans”da o‘ynab kelmoqda. Dabyut mavsumida jami 15 ta o‘yin o‘tkazgan hamyurtimiz yangi chempionatda muntazam boshlang‘ich tarkibda maydonga tushyapti.

20 yoshli himoyachi bu yil sentyabr va oktyabr oylarida jamoasining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Tanlovda noyabr oyida ikkinchi o‘rinni egalladi. Agar PSJ bilan bo‘lgan bahsda qizil kartochka olmaganida, qatorasiga uchinchi oy ham lansliklarning qahramoniga aylangan bo‘lardi.

Superklub Husanov transferini uddalashni mashhur agentga yukladi

Ana xolos: Fayzullaev tanqidlar ostida qolib ketdi!

Husanovning muxlislariga yoqadigan xabar!

Bosh murabbiy g‘alabadan keyin Husanov haqida nimalar dedi?

Husanov 300 baravar qimmatladi va uni olishga yangi da’vogarlar paydo bo‘ldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!