
Ular ko‘chada yotganini ko‘rib yig‘ladim. Futbolchi 80 kishiga Kataloniyadan uy olib berdi
Jurnalistlar “Monako” futbolchisi Keyta Baldedan karantin davrida Kataloniya ko‘chalarida yashayotgan 80 nafar senegallik ishchiga uy olib bergani haqida so‘radi.
- Gap men haqimda emas, balki to‘g‘ri ish qilish haqida. Men ijtimoiy tarmoqlar orqali mening shahrim yaqinidagi senegallik ishchilar ko‘chada yotganini ko‘rdim. Men har doim ham yig‘layvermayman. Lekin bu gal ko‘z yoshlarini tutib turolmadi. Keyin o‘zim bu muammoni hal qilishga kirishdim. To‘g‘ri qaror qilishga majbur edim, - dedi Keyta.
Senegallik futbolchi joriy mavsumda “Monako” safida 21 ta uchrashuvda 4 ta gol urdi.
Fikrlar