Ular Odil Ahmedovni qo‘msayapti!

  • 11 sentabr, 2020, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Anji” klubi prezidenti Osman Kadiev xorijlik jurnalistlarga bergan intervyusida klub tarixidagi eng kuchli tarkib va yulduz futbolchilar to‘p surgan davrni qo‘msab, alohida tilga oldi.

Tecno

- 1991 yilda tashkil etilgan “Anji” havaskorlar jamoasi darajasidan grand klub mavqeigacha ko‘tarila olgan. Ikki marta Rossiya kubogi finalida o‘ynadik va bir marta chempionatda sovrindor bo‘ldik.

Sharqiy Evropa klublarida orasida jahon chempioni Roberto Karlos birinchi bo‘lib “Anji”da o‘ynadi. Jamoamiz libosida jahon futboli yulduzlari - Samyuel Eto’O, Joao Karlos, Kristofer Samba, Villian, Odil Ahmedov, Yuriy Jirkov, Muborak Bussufa, Lassana Diarra, Aleksandr Kokorin kabi mahoratli o‘yinchilar to‘p surdi.

Klubimiz Evropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida o‘z muxlislariga ega edi, - dedi Osman Kadiev.

Odil Ahmedov 2011-2014 yillar davomida “Anji” safida 86 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga uchta to‘p kiritgan. Jamoa tarkibida Rossiya kubogi finalchisi va premer-liganing bronza medali sovrindori bo‘lgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!