Ular omadsizlarmi? O‘z finallarini yutqazgan o‘yinchilar reytingi haqida

  • 07.05.2020 23:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Italiyalik sobiq futbol yulduzlaridan biri Paolo Maldini yaqinda jurnalist Kristian Veri bilan uyushtirilgan onlayn-intervyu chog‘ida finallardagi mag‘lubiyatlarini esga olib o‘tdi:

«Men – futbol tarixidagi eng omadsiz o‘yinchiman. Ko‘plab sovrinlarni yutganman, biroq shu bilan birga Chempionlar ligasining 3 ta finalida, bir marta Evropa Superkubogida, 3 bor qit’alararo Kubok finalida, 1 martadan jahon hamda Evropa chempionatlari finallarida mag‘lub bo‘lganman.

«Milan» klubi afsonasining o‘sha gaplaridan keyin «Marca» nashri xodimlari faoliyatlari davomida eng ko‘p finallarda yutqazgan omadsiz o‘yinchilar reytingini tuzib chiqdilar.

1. Xaver Maskerano – finallarda 11 mag‘lubiyat (5 marta terma jamoa, 6 bor klub safida);

maskerano

2. Patris Evra – finallarda 5 mag‘lubiyat (2-o‘rin berilganiga sabab, Evra Chempionlar Ligasining 4 ta finalida yutqazgan yagona o‘yinchi sanaladi. Shuningdek, u EVRO-2016 finalida ham omadsizlikka uchragan);

evra

3. Aren Robben – finallarda 6 mag‘lubiyat (2 – Chempionlar Ligasi, 3 - Superkubok, 1 – terma jamoa safida JCh-2010 finali).

robben

4. Mixael Ballak – finallarda 6 mag‘lubiyat (4 tasi 2002 yilda (Germaniya Liga Kubogi, Germaniya Kubogi, Chempionlar Ligasi, JCh-2002), 2 tasi 2008 yilda (Chempionlar Ligasi va EVRO-2008);

ballak

5. Alessandro Del Pero – finallarda 4 mag‘lubiyat (3 – Chempionlar Ligasi, EVRO-2000);

del pero

6. Lotar Matteus – finallarda 4 mag‘lubiyat (JCh-1982, JCh-1986, 2 – Chempionlar Ligasi);

matteus

7. Gonsalo Iguain – finallarda 3 mag‘lubiyat (1 – Chempionlar Ligasi, 2 – Amerika Kubogi);

iguani

8. Janluiji Buffon – finallarda 3 mag‘lubiyat (barchasi Chempionlar Ligasida).

buffon3

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!