Ular yosh, lekin zo‘r! Superklub ikkita noyob talant topdi
Angliya Premier-ligasida peshqadamlik qilayotgan “Arsenal” klubi tarkibini iqtidorlu yosh oʻyinchilar bilan toʻldirib borishga alohida eʼtibor qaratmoqda.
“Kanonirlar” skautlari bosh murabbiy Mikel Artetaga ikki nafar salohiyati yuqori oʻyinchi topib berishdi.
Ulardan biri Rodrigo Mendosa Ispaniyaning “Elche” jamoasida oʻynayapti. 20 yoshli futbolchi joriy mavsumda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir juft gol kiritdi.
Mendosaning klub bilan yana uch yillik shartnomasi bor. Uning transfer bozoridagi narxi 9 million evroni tashkil qiladi.
Ikkinchi nomzod Bundeslinada “Ayntracht” sharafini himoya qilayotgan qanot hujumchisi Dan-Matteo Baoyadir.
20 yoshli bu oʻyinchi 24 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini uchta marta ishgʻol qilib, bitta assist muallifi ham boʻldi. Uning klub bilan kelishuvi 2029 yilning yozigacha davom etadi. Transfermarkt portali Baoyani 25 million evroga baholagan.

Fikrlar