Ulug‘bek Baqoev: Birinchi bo‘limdayoq 2 ta gol urib olganimiz yaxshi bo‘ldi
Coca Cola Superligasi 13-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Surxon" uchrashuvidan keyin Ulug‘bek Baqoev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Nima ham derdim, bunday tig‘iz taqvimda 4 ta o‘yin o‘tkazganimizdan keyin futbolchilarning jismoniy holati joyida emas. Birinchi bo‘limdayoq 2 ta gol urib olganimiz yaxshi bo‘ldi.
G‘alaba bilan barchani tabriklayman. Tanaffusga ajoyib kayfiyat bilan chiqib ketayotganimiz yaxshi, albatta".

Fikrlar