Ulug‘bek Haqberdiev 10 fevral kuni engilmas bokschiga qarshi ringga chiqadi

  • 23.01.2018 18:21
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Professional ringda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan o‘zbekistonlik bokschi Ulug‘bek Haqberdiev (4-0-0, KO2) 10 fevral kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Sankt-Peterburgdagi “Qin Shi Huang” arenasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan to‘qnashuvda u qog‘og‘istonlik engilmas bokschi Aidos Erbossinuliga qarshi ringga chiqadi. Bu sportchi 2015 yili professional faoliyatini boshlagan va shu vaqtgacha 7 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchgan. Shulardan 6 tasini muddatidan oldin yakunlagan.

Ulug‘bek Haqberdiev so‘nggi jangini o‘tgan yilning 30 sentyabrida Rossiyaning Troitsk shahrida mezbon bokschi Dmitriy Suxotskiyni texnik nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!