
Ummon O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan Tailand bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi
Ektor Kuper boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqaning F guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalari bilan bahs olib boradi.
Bugun 1-turdagi raqibimiz - Ummon terma jamoasi Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda guruhdoshlarimiz 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Ummon o‘yini 9 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:30 start oladi.
O‘rtoqlik o‘yini
Tailand - Ummon 0:2.
Fikrlar