
Umtiti faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin
"Fiorentina" klubi "Barselona" himoyachisi Samuel Umtitining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda, A Seriya klubi 28 yoshli frantsiyalik futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olishni maqsad qilmoqda. Aytish kerakki, Umtiti "binafsharanglilar" safida “Atletiko”ga o‘tishi aytilayotgan Nikola Milenkovichning o‘rnini egallashi mumkin.
Samuel Umtiti o‘tgan mavsum "Barselona" safida bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2026 yilga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar