Unai Emeri "Liverpul"dan uchralgan alamli mag‘lubiyatga izoh berdi

  • 4 may, 2022, 10:31
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi "Vilyarreal" - "Liverpul" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Unai Emeri matbuot anjumanida ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"To‘pni ko‘proq nazorat qilishimiz kerak edi. Raqibning birinchi goli bizning psixologik holatimizga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Keyin, rejalarimiz ham o‘zgarib ketdi va maydonda "Liverpul" bilan teng o‘yin ko‘rsata olmay qoldik. Tanaffusdan keyin biz o‘zimiz istagan futbolni mutlaqo ko‘rsata olmadik.

"Vilyarreal" yarim finaldagi 4 ta taymdan faqat bittasini yaxshi o‘tkazdi. Biz mukammallikka intildik, ammo bu imkonsiz vazifa bo‘lib chiqdi. Balki bu harakatlarimiz muxlislarga yoqqandir. Biz asta-sekinlik bilan rivojlanib bormoqdamiz.

Ma’lumot uchun, "sariq suvosti kemasi" mersisaydliklarga qarshi javob uchrashuvining birinchi bo‘limida 2 ta gol urib, umumiy hisobni tenglashtirgandi. Biroq ikkinchi 45 daqiqalikda "qizillar" raqib darvozasiga 3 ta to‘p kiritib, final chiptalarini tortib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!