"Union Berlin"ga qarshi o‘yindan oldin "Real"da katta yoqotish!

  • 20.09.2023 06:07
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Bugun "Real" "Union Berlin"ga qarshi o‘yin bilan EChLdagi yurishini boshlaydi. Ushbu bahs oldidan madridliklar himoyachisi Dani Karvaxal jarohat oldi, deya xabar bermoqda "Diario Sport" nashri. 

Manbaning ta’kidlashicha, 31 yoshli ispan 8 kunga safdan chiqqan bo‘lishi mumkin. Uning qachon maydonga qaytishi borasida rasmiy bayonot berilmadi. 

Futbolchi "qaymoqranglilar"ning "Union-Berlin"ga qarshi qaydnomasidan ham joy olmagani aniq bo‘ldi. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti matbuot anjumanida Karvaxal bu uchrashuvni o‘tkazib yuborishini aytdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!