"Uotford" etakchisi yarim yil maydonga tusholmaydi

  • 3 mart, 2020, 09:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Uotford" klubi yarim himoyachisi Jerar Deulofeu uzoq muddatga safdan chiqdi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra ispaniyalik futbolchi “Liverpul”ga (3:0) qarshi o‘yinda tizzasidan jiddiy jarohat olgan va u kamida yarim yil maydonga tusholmaydi. U tez orada operatsiya qilinadi.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Deulofeu joriy mavsum “Uotford” safida 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 5  ta golli uzatmaga yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!