
Upamekano qaerga ketyapti?
“Leyptsig” himoyachisi Dayot Upamekano qishki transferlar mavsumida Bundesligani tark etishga qaror qildi. Frantsiyalik futbolchi faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishga tayyorgarlik ko‘ryapti.
O‘z navbatida, “Leyptsig” rahbariyati ham ko‘p klublar nishonida turgan 22 yoshli futbolchini 45 million evroga qo‘yib yuborishga rozilik bergan.
Upamekano yanvar oyida “Arsenal”, “Manchester Yunayted” va “Liverpul” kabi jamoalardan birining taklifini qabul qilishi kutilmoqda. Avvalroq, himoyachiga qiziqayotgan “Bavariya” kurashdan chiqqani xabar qilingan edi.
Fikrlar