Urugvayga gol urgan Jiyanov o‘yindan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Urugvayga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Ushbu bahsda vakillarimiz 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Terma jamoamiz safidagi yagona gol muallifi Ruslanbek Jiyanov o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
“Albatta, bu o‘yin terma jamoa va o‘zim uchun juda muhim deb bilaman. Urugvay kabi kuchli raqiblarga qarshi o‘ynasak, bu biz uchun katta tajriba bo‘ladi. Kannavaro bizga taktik ko‘rsatmalar berib bordi — asosan yuqori pressingda o‘ynash va ayrim paytlarda to‘pni nazorat qilishni so‘radi.”
Ma’lumot uchun, Jiyanov Urugvayga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar