Uslubim Iliya Topuryani qiyinab qo‘yadi
UFC engil vazn toifasi reytingida beshinchi o‘rinni egallab turgan MMA ustasi Benua Sen-Deni 70 kg da amaldagi chempion Iliya Topuriyaga qarshi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Bu diviziondagi har bir yigit chempion bilan jang qilishni xohlaydi. Iliya yaqinda Jastin Getjiga qarshi o‘zining eng yaxshi jangini o‘tkazishiga ishonaman. Biroq ikkimiz o‘zaro to‘qnash kelsak, mening uslubim unga muammo tug‘dirishi mumkin. To‘g‘ri, hozir Topuriya bilan jangimni tasavvur qilish qiyin. Lekin imkoniyat berilsa, albatta, bu bahsni qabul qilaman", – dedi fransiyalik "Super Mossato Show" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Topuriya va Getji qarama-qarshiligi 14 iyun kuni "UFC White House" turnirida o‘tkaziladi.
Fikrlar