Usman Dembele ta'tilni muddatidan oldin tugatishga qaror qildi
«PSJ» hujumchisi Usman Dembele ta’tilni muddatidan oldin yakunlashga qaror qildi. Bu haqida GFFN nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi imkoni boricha ertaroq jamoa ixtiyoriga qaytib, mashg‘ulotlarni boshlashni istamoqda. U o‘zini tezroq yaxshi sport formasiga keltirib, UEFA
Superkubogi uchrashuviga to‘liq tayyor bo‘lishni maqsad qilgan.
Mazkur bellashuvda parijliklar yangi 2026/27 mavsumidagi ilk sovrinni qo‘lga kiritishga urindi.
«PSJ» va «Aston Villa» o‘rtasidagi o‘yin 12 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘tgan mavsumda Dembele barcha musobaqalar doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi. U 19 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar