Usmon Dembele Luis Enrike bilan urishib qoldi
PSJ forvardi Usmon Dembele jamoa bosh murabbiyi Luis Enrique bilan munosabatlarida kelib chiqqan ziddiyatlar fonida «Lill»ga qarshi navbatdagi o‘yinda maydonga tushmaydi.
25 avgust kuni klub matbuot xizmati Dembelga bir necha qo‘shimcha dam olish kunlari berilganini, u dushanba kuni mashg‘ulotlarga qaytadigan bo‘lganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Frantsiya ommaviy axborot vositalari vakillarining ta’kidlashicha, bu qarorga faqat rejalı dam olish emas, balki futbolchi va murabbiy o‘rtasidagi tarang munosabatlar ham ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.
Liga 1 start turida Dembele «Renn»ga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan, biroq tanaffusdan so‘ng almashtirilgan edi. Ushbu bellashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan.

Fikrlar