Usmon Nurmagomedov 2026 yilda faqat ikkita jang o‘tkazmoqchi

  • 15.12.2025 12:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

PFL ning engil vazn toifasidagi chempioni Usmon Nurmagomedov kelajagi haqida gapirdi.

"Bilaman, 2026 yilda faqat ikkita jang o‘tkazaman - yil boshida va oxirida. Shundan keyin kelajagim haqida maslahat qilamiz. PFL da men uchun hozircha hammasi yaxshi. So‘nggi ikkita jangimga qarang; Pol Xyuz bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda ancha o‘sdim. Men bu erda ham tarix yaratishim mumkin", - deya Nurmagomedovning so‘zlarini keltirdi "MMA Junkie" nashri.

Eslatib o‘tamiz, Usmon Nurmagomedov (20-1 N/C-0) 2026 yil 7 fevral kuni "PFL Champions Series 5" turnirida Alfi Devis(17-5-1)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!