Usmon Nurmagomedov UFC ga o‘tmasligi mumkin
PFL ligasi rahbari Jon Martin rossiyalik Usmon Nurmagomedovni saqlab qolish uchun hamma narsa qilishini ta'kidladi.
"Hozir juda ko‘p noto‘g‘ri ma'lumotlar tarqalmoqda. Biroq, ishoning, Usmon hali UFC dan hech qanday taklif olmagan. Qonunga ko‘ra ham, Usman jamoasi bunday qilishga haqli emas. Bizda eksklyuziv muzokaralar davri davom etyapti. Biz o‘z taklifimizni tayyorlayapmiz, shundan so‘ng Usmon bilan muzokara stoliga o‘tirib, hamma narsani muhokama qilamiz. O‘ylaymanki, taklifimiz raqobatbardosh bo‘ladi.
To‘g‘ri, Nurmagomedov haqiqatan ham ajoyib iste'dod egasi va biz uni saqlab qolishni istardik. Biroq u yakunda rozi bo‘lmasa ham, bizda baribir ko‘plab ajoyib jangchilar va juda dinamik ekotizim qoladi", - dedi PFL rahbari.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy oxirida Usmon Nurmagomedovning PFL ligasi bilan amaldagi shartnomasi tugadi.

Fikrlar