
UZ Football Awards. Pro ligada "yilning eng yaxshi futbolchisi" bo‘lishga nomzodlar (Foto)
Yil davomida o‘zini har jihatdan namoyish etgan holda futbolimiz jamoatchiligi e’tirofiga sazovor bo‘lgan futbolchi, futzalchi, murabbiy hamda yana ko‘plab futbol jonkuyarlarini taqdirlash maqsadida O‘FA hamda O‘zPFL mavsum yakunlariga bag‘ishlab yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi – UZ Football Awards tadbirini o‘tkazadi.
UZ Football Awards marosimi joriy yilning 25 dekabr kuni ZO’R TV ning Renaissance Hall tantanalar zalida bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchilar nominatsiyalar bo‘yicha nomzodlarni e’lon qilib bormoqda. Endi esa Pro liganing eng yaxshi futbolchisi bo‘lib uchun nomzodlar bilan tanishing:
Pro liga. "Eng yaxshi futbolchi" bo‘lishga nomzodlar:
Behzod Shamsiev (“Olimpik”) — 20 o‘yin
Ro‘zim Ahmedov (“Xorazm”/“Dinamo”) — 19 o‘yin, 12 gol
Marko Obradovich (“Neftchi”) — 19 o‘yin, 12 gol
Alisher Odilov (“Olimpik”) — 22 o‘yin, 10 gol
Shohruh Abdurahmonov (“Dinamo”) — 19 o‘yin, 8 gol
Fikrlar