Uzoq kutilgan tayinlov! "Navbahor" yangi murabbiyni tanishtirdi

  • 19 iyul, 2024, 21:29
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Namanganning "Navbahor" klubini endilikda Sergey Lushchan boshqaradi. Ushbu tayinlovni "lochinlar" o‘z telegram sahifasida e’lon qildi. 

Tajribali mutaxassis bunga qadar O‘zbekiston–U-19 terma jamoasi (2014 yil), “Bunyodkor” (Toshkent, 2014-2017 yillar), “So‘g‘diyona” (Jizzax, 2018 yil), “Dinamo” (Samarqand, 2020 yil), bundan tashqari, Belarusning “Shaxtyor” (Soligorsk, 2021-2022 yillar), “Shaxtyor” (Petrikov, 2023 yil) jamoalarida ishlagan.

Qayd etish lozim, Namangan klubi ketma-ket salbiy natijalar tufayli Samvel Babayanni o‘z lavozimidan ozod etgandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!