
Uzreport TV hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
Uzreport TV hamda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu hujjatga ko‘ra, telekanalga Paralimpiya qo‘mitasining eksklyuziv mediya va tijorat huquqlari berilmoqda.
Endi Uzreport TV nafaqat Paralimpiya o‘yinlari va xalqaro musobaqalarni, balki mamlakat miqyosidagi turnirlarni ham efirga uzatadi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra, hamkorlik 2031 yilga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Uzreport TV Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarini O‘zbekiston hududida eksklyuziv translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan. Hamyurtlarimiz para atletlarimizning Yaponiyadagi ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda Uzreport TV telekanali orqali tomosha qilishlari mumkin.
Fikrlar