Vaʼdalar bajarilmadi! Mashhur futbolchi “Real”ni tark etadigan bo‘lyapti
O‘tgan mavsum “Liverpul” safida Angliya Premier-ligasida chempionlik unvonini qo‘lgan kiritganidan keyin jamoani tark etish istagini bildirib, erkin agent maqomida “Real”ga o‘tib ketgan Trent Aleksander-Arnoldning ispan futbolida omadi chopmadi.
Tajribali himoyachi La Ligaga moslasha olmadi, olgan jarohati “Real” asosiy tarkibiga kirishini qiyinlashtirib qo‘ydi. Endi u “Real”dan ketish istagini bildirmoqda.
The Telegraph nashri ma’lumotlariga ko‘ra, angliyalik futbolchini klubdagi vaziyat umuman qoniqtirayotgani yo‘q. Qolaversa, uning ko‘ngli qolishiga “Qirollik klubi” rahbariyati tomonidan berilgan, ammo haligacha bajarilmagan qator va’dalar sabab bo‘lgan.
Shu bois, Trent “Real”dan ketish variantini ham ko‘rib chiqishga tayyor.
Trent Aleksander-Arnold klub bilan 2031 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega. U joriy mavsumda madriddliklar safida barcha musobaqalarda 11 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar