
Vadim Abramov: "Almashtirishlar o‘zini oqlamadi"
“Dinamo” klubi Superliganing 5-turida “So‘g‘diyona”ni qabul qildi va unda 1:1 hisobi qayd etildi. Uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.
“Ikki xil taym guvohi bo‘ldim. Birinchi taymda to‘g‘ri o‘ynadik, imkoniyatga ega bo‘ldik, gol ham urdik. Bundan tashqari, yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Almashtirishlar o‘zini oqlamadi. Noto‘g‘ri harakatlandik, bunaqa o‘yinda yutqazish ham mumkin. Bir nima deyish qiyin. Ikkinchi taymda juda yomon ko‘rindik.
Shubhasiz, hujumda bizda muammolar bor. Birinchi taymda boshqacha o‘ynadik, u markaziy himoyada o‘ynadi. Ko‘proq uzun paslar orqali harakatlandi. Ba’zi vaziyatlarda kalta paslar bilan o‘ynash kerak edi. Doim nazorat qilish kerak edi, vaqtida joyiga qaytib harakatlanish juda og‘ir. Bu futbolning bir qismi, albatta. Jizzax klubi juda engil o‘ynadi, ularni qayta hujumda jazolamoqchi bo‘ldik.
Oybek juda yaxshi ko‘rindi. Uni maydondan olgan paytda o‘rtada katta ustunlikni boy berdik. Menga uni o‘yini yoqdi. Xislatni tushirdik, lekin bugun rejalashtilgan narsalarimiz o‘xshamadi.
Aytib o‘tdim, Oybekni almashtirganimizdan so‘ng Xislat qo‘shildi. Bir-ikkita harakatlar o‘xshamadi. Bu bo‘lib turadi. Oddiy holatda boshlab, o‘yinni o‘ziga olish mumkin. Markazdagi o‘yinimiz o‘xshamadi, shunga monand to‘liq o‘yinimiz chiqmadi.
Qo‘shilaman, o‘ng qanotimiz yaxshi ko‘rinmadi. Rejalarimiz umuman boshqacha edi. Zaxiradan qo‘shilganlar ham kirishib ketolmadi. Bizda asosan yangi futbolchilar bor, ularni sekin-asta kuzatib boramiz.
Gol o‘tkazib yuborilgandan so‘ng tavakkal qilishni boshlaysan, har bir jamoa raqib holatidan kelib chiqib o‘ynaydi. Bizni ham o‘rganishadi, birinchi bo‘limda yorqin o‘yin namoyish etdik. Muxlislarga ham yoqayotgan edi, ikkinchi taymda esa o‘xshamadi. Endi biz Kubokda o‘ynaymiz, tig‘iz o‘yinlar boshlanmoqda. Tetiklanib olish ham qiyin. 16-sanada o‘yin, keyin 20-kuni safarda, 25-da yana asosan yo‘lda bo‘lamiz. Uzoq safar bor, Andijonda o‘ynaymiz. Qanday tiklana olamiz? Vaqt shuni taqozo etmoqda. O‘z maydonimizda ikki ochko yo‘qotganimiz alamli bo‘ldi”, - deydi Vadim Karlenovich.
Fikrlar