
Vadim Abramov matbuot anjumanida iste’fo, avvalgi o‘yindagi mag‘lubiyat, qaysi legioner terma jamoamizga yordam bera olishi va boshqalar haqida gapirdi
Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Falastinga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Ushbu bellashuv oldidan bugun ikki jamoa murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda dastlab mezbonlar ustozi Vadim Abramov va futbol Jaloliddin Masharipov ishtirok etdi.
- Biz yutishimiz kerak. Buni barcha tushinib turipti. Oldimizda masu’liyatli o‘yin kutmoqda. Bor kuchimizni sarflaymiz. Bizda yana 3 ta o‘yin qoladi. Lekin hali imkoniyat bor. Shuning uchun kurashamiz.
Biz professionalmiz. Ruhiy holatdan chiqish murabbiylardan ko‘ra futbolchilarga osonroq. Falastinga birinchi o‘yinda yutqazdik, shuning uchun ushbu uchrashuvdagi qarzni qaytarish kerak. Professionallar maydonga chiqib o‘ynashi kerak. Muxlislar uchun o‘ynaymiz, ularga xursandchilik ulashishimiz lozim. Shuning uchun kayfiyatni tushirmasdan kelajakka qarash darkor.
Hujumga o‘tganda, himoyada bo‘shliq yuzaga keladi. Bu dunyo futbolida uchraydigan holat. Biz bu bo‘shliqni qanday bartaraf etish haqida o‘ylayapmiz. Falastinni o‘rganyapmiz. Raqib qanday o‘yin taqdim etsa, shunga qarab moslashamiz.
Afsuski, Igor Krimetsning harorati chiqdi va bo‘lajak uchrashuvni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Uni bo‘yi baland hujumchiga qarshi qo‘ymoqchi edik. Hozir bu muammoni hal qilish borasida bosh qotiryapmiz. Uchta himoyachi bilan o‘ynash juda qiyin. Buning uchun vaqt kerak. O‘zimiz ham bilmaymiz, bundan nima chiqishini. Buni nazariy jihatdan amalda ko‘rish uchun hech bo‘lmaganda bir marta o‘ynab ko‘rish lozim. Agar 3 ta himoyachi bilan o‘ynasak, o‘zim ham bilmayman qanday bo‘lishini. Bunday paytda 3 himoyachi bilan harakat qilish juda xavfli. Hudo xohlasa, ertangi uchrashuvdan keyin bunday taktikalarga tayyorlanish uchun vaqt bo‘ladi.
Terma jamoa JChga chiqolmasa iste’foga chiqamanmi? O‘FA bilan kelishuvim qanday? Oldinlab ketish kerak emas. Avval bitta muammoni hal qilaylik. Oldin guruhdan chiqishimizni o‘ylashimiz lozim. Bu bizning asosiy vazifamiz. Qolganini keyin ko‘ramiz.
Futbol bu jamoaviy o‘yin. Agar jamoada etakchi xato qilsa, unda muammoning ildiziga qarash lozim. Agar Argentina terma jamoasini olsak, Messi o‘ynasayu, qolganlar o‘ynay olishmasa, terma jamoa yutqazsa, Messi yomon harakat qilgan bo‘lib qoladi. Darvozabon borasida ham shu gap. Shuning uchun Suyunovning darvozasiga shunday gollar urildi. Oldingi o‘yinda darvozabonning xatolari ko‘ringani uchun posbonni tanqid qilmoqda. Uni aybdor qilish professionalning ishi emas. Rekoshet, penalti... Futbol gollar bilan qiziq. Bunday hollar uchrab turadi... Bugungi kunda Eldor Suyunov birinchi raqamli darvozabon. Bu bosqich tugasin muammolarimiz haqida o‘ylab ko‘ramiz. Darvozabonlar 30 yoshdan keyin ochiladi... Ignatiy Nesterov ancha vaqt maydonga tushmadi. Yana kim bor? Sizlar hozir 3-4 futbolchini taklif qilarsizlar. Lekin jahon chempionati o‘tib ketadi. Tushunaman, yaxshi darvozabonni tarbiyalash uchun vaqt kerak. Bu muammo hammada bor.
Mahalliylashtirish? Hozirda butun dunyoda termalar shu yo‘ldan bormoqda. Hamma terma jamoasida yaxshi futbolchilarni ko‘rishni istaydi. Men ham bunga qarshi emasman. Chempionatimizda o‘ynaydigan 2 ta xorijlik yaxshi futbolchi bor. Bular: "Navbahor"da Igor Golban va "Paxtakor"dagi Dragan Cheran. Ushbu futbolchilar terma jamoamizga haqiqatdan ham yordam berishi mumkin, - dedi Vadim Abramov.
Fikrlar