
Vadim Abramov Yamanga qarshi o‘yin oldidan Jaloliddin Masharipov, tarkibda o‘zgarishlar qilishi mumkinligi va boshqalar haqida gapirdi
Ertaga o‘tkaziladigan Yaman - O‘zbekiston uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Vadim Abramov ishtirok etdi.
- Yirik hisobdagi g‘alabadan keyin ham biz uchun hech narsa o‘zgarmadi. Vazifamiz o‘sha-o‘sha. Keyingi bosqichga chiqishni istasak, oldindagi ikkita uchrashuvda 6 ochkoni qo‘lga kiritishimiz lozim. Ko‘ramiz, bu o‘yin.
Yamanni hurmat qilamiz. Ular ham bu erda o‘z uyidagidek his qilishadi. Yamanlik muxlislar ko‘p. Biz hozir faqat Yaman haqida o‘ylayapmiz.
Masharipovdan yaxshi futbol kutaman. U ajoyib futbolchi va liderlardan biri. Shu erda ham o‘zini ko‘rsatishi kerak.
Har qanday jamoa raqibi imkon berganchalik o‘ynaydi. Bizga o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga imkon berilsa, yaxshi bo‘ladi. Jarohatlarimiz bor. Shu sabab ertaga ba’zi o‘zgarishlar qilsak kerak, - dedi Vadim Abramov.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi. Yaman ayni payt turnir jadvalida 6 turda 5 ochko bilan oxirgi o‘rinda bormoqda. Hamyurtlarimiz esa 6 o‘yinda 12 ochkoni qo‘lga kiritib, ikkinchi pog‘onani band etgan.
Fikrlar