Vadim Abramov: "Zenit"ning nomi ham futbolchilarga biroz ta'sir qildi"
«Zenit» - «Dinamo» (1:0) oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvidan keyin «Dinamo» bosh murabbiy Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga intervyu berib, Rossiyaning 10 karra chempioniga qarshi bahs taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.
«Dinamo» 1-bo‘limda tengkurash namoyish etgan boʻlsa, 2-bo‘limda oʻyinda raqibidan ustunlik qildi, ammo vaziyatlardan foydalanа olmadi.
«Zenit» bilan oʻyin – yaxshi sparring boʻldi. Yutqazganimizga faqat oʻzimiz aybdormiz. O‘yindagi hakamlik biroz ranjitdi. Gap kimgadir yordam berishda emas, u ikki jamoaga ham oʻynashga imkon bermadi. Yaxshiyamki, hammasi mushtlashuvgacha yetib bormadi. Umuman olganda esa oʻzimizning kuchli jihatlarimiz va kamchiliklarimizni bilib oldik. Birinchi bo‘limdagi vaziyatlarimizdan unumli foydalanganimizda hisob boshqacha boʻlardi. Albatta, «Zenit»ning nomi ham futbolchilarga biroz ta’sir qildi.
Umuman olganda, birinchi bo‘limdagi oʻyindan qoniqdim, ikkinchi bo‘limda esa koʻplab yoshlarа imkon berdik. Xulosalar qilamiz va ishlashda davom etamiz.
Pozitsiyalar boʻyicha yigitlarga e’tirozim? Yo‘q, umuman olganda, hammasi joyida. Bitta oʻyin hech narsani oʻzgartirmaydi. O‘yindan qoniqdim, kamchiliklar mana shunday kuchli raqiblarga qarshi bahsda koʻrinadi, bu biz uchun xulosa. Mana shunday oʻyinlar orqali 28 fevral kungi 1-tur oʻyini uchun asosiy tarkibimizni aniqlab boramiz», - dedi Vadim Karlenovich «Zenit» bilan uchrashuvdan keyin.

Fikrlar