
Valbuenaning Turkiyadagi sarguzashtlari yakunlandi
Frantsiyalik yarim himoyachi Mate Valbuena "Fenerbaxche"dan ketganini e’lon qildi.
“Mening bu jamoadagi sarguzashtlarim yakuniga etdi. So‘nggi ikki yil ichida bu erda men bilan birga ishlagan barcha-barchaga minnatdorchilik bildiraman. Istanbul men uchun hamisha sarik-ko‘k bo‘lib qoladi”, - deb yozadi Valbuena o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, Valbuena joriy mavsum “Fenerbaxche” safida jami 31ta o‘yinda maydonga tushdi va 4ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar