
“Valensiya” darvozasini eng qimmat darvozabon qo‘riqlaydi
“Valensiya” rahbariyati “Barselona”dan olingan darvozabon Yasper Sillessenning o‘yinidan norozi.
Shuning uchun ispan klubi o‘z darvozasini “Chelsi” posboni Kepa Arrisabalagaga topshirmoqchi. “Chelsi” ispaniyalik darvozabonni 2018 yilda “Atletik”dan 80 million evroga sotib olgan edi. Lekin inglizlar ham Kepaning o‘yinidan u qadar mamnun emas. “Chelsi” uning o‘rniga “Ayaks”dan Andre Onanani olib kelish harakatida.
Demak, bu jamoalarning rejai amalga oshsa, “Valensiya” Kepani oladi, “Chelsi”ga Onana keladi, Niderlandiya terma jamoasi darvozaboni esa o‘zi bir paytlar o‘ynagan “Ayaks”ga boradi.
Fikrlar