"Valensiya"da koronavirus yuqtirib olgan futbolchilar soni 3 taga etdi
"Valensiya" klubida koronavirusga chalingan futbolchilar soni yana bittaga ortdi.
“Ko‘rshapalaklar”ning navbatdagi kasallangan futbolchisi Xose Gayya bo‘ldi.
“Mening koronavirusga qarshi topshirgan testim ijobiy chiqdi. Men o‘z uyimda qolaman, hozircha menda hech qanday kasallik alomatlari yo‘q”, - deydi Gayya.
Bundan avvalroq Esekel Garay va Elyakim Mangalyada ham COVID-19 virusi aniqlangan edi.

Fikrlar