
Valeriy Gazzaev Oston O‘runovni tanladi!
Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Valeriy Gazzaev Rossiya premer-ligasi 29-turi yakunlari bo‘yicha o‘zining ramziy terma jamoasini tuzdi. Taniqli mutaxassis o‘z jamoasiga o‘zbek legioneri Oston O‘runovni ham kiritdi.
- Oston O‘runov chempionatning asosiy kashfiyotlaridan. Zo‘r driblingchi va “Ufa”ning barcha o‘tkir hujumlari ijodkori. Oston – katta salohiyatga ega yaxshi futbolchi. “Dinamo”ga qarshi uchrashuvda ham o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi, - deb tanloviga izoh berdi Gazzaev.
Valeri Gazzaev tanlagan ramziy jamoa bilan tanishing:
Fikrlar