Valverde “Atletiko” “Real”dan yaxshiroq o‘ynaganini ta’kidladi

  • 09.01.2026 14:57
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" jamoasi sardori Federico Valverde Ispaniya Superkubogining yarim finalida "Atletiko"ga qarshi qiyin kechgan g‘alabadan so‘ng jurnalistlarga fikr bildirdi.

Valverdening Marca nashriga aytishicha, uchrashuv o‘zi uchun omadli kechgan, chunki u bahs boshida jamoasi uchun muhim golni urgan. Shu bilan birga, u "Real"da imkoniyatlar bo‘lganini, ammo raqib jamoa o‘yin jihatidan ustunlik qilganini ta’kidladi.

"Bunday uchrashuvlarda himoyalanishni ham, hujum qilishni ham bilish kerak. Biz o‘yin davomida sabr qilishimizga to‘g‘ri keldi. Ba’zi​ jihatlarni yaxshilash va yanada ishonchli harakat qilishimiz lozim. Biz raqibga o‘z o‘yinimizni o‘tkaza olmadik​", — dedi futbolchi.

Ma’lumot uchun, "qirollik klubi" "matraschilar"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Turnir finalida ular "Barselona"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!