Valverde ko‘z yoshlarini tiyib turolmadi

"Barselona" klubining sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverde futbolchilar bilan xayrlashdi.

Kuni kecha, ispaniyalik mutaxassis Kataloniya klubining qarorgohiga tashrif buyurdi. Bir qator futbolchilar unga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Uchrashuv davomida Valverde ko‘z yoshlarini tiyib turolmadi.

Eslatib o‘tamiz, Valverde 2017 yili "Barsa" bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Yaqindagina uning o‘rnini Kike Seten egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!