Valverde: "Zidan menga ishonch va xotirjamlik bag‘ishlagan"

  • 02.04.2026 14:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real" yarim himoyachisi Federico Valverde jamoaning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan haqida iliq fikrlar bildirdi.

"Zidan — futbol afsonasi. U menga juda katta yordam bergan. Futbolchi uchun ayrim qiyin pallalar bo‘ladi, shunday vaziyatlarda u doim hotirjamligi va bosiqligi bilan ishonch bag‘ishlardi. Uning shu fazilati menga ham o‘tgan.

Kundalik hayotda ham Zidan doim oilam, farzandlarimning ahvolini so‘rab turardi. Bu esa meni juda xursand qilardi", — dedi Valverde "Madrid Extra" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Zinedin Zidan "Real"ni 2016–2018 va 2019–2021 yillarda boshqargan. Uning qo‘l ostida madridliklar 11 ta sovrin, jumladan 3 ta Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!