
Van-Bissaka nima uchun kam maydonga tushmoqda? Ten Xag javob berdi
“Manchester Yunayted” futbolchisi Van-Bissaka klubni tark etishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Erik Ten Xag himoyachiga kam o‘yin amaliyoti berib kelmoqda. Murabbiy nima uchun unga imkon bermayotgani haqida gapirdi.
“Van-Bissakaning kelajagi bor. U “Manchester Yunayted”da yaxshi damlarini o‘tkazdi. Mavsum boshida jaroxatlar sabab u kam o‘ynadi”, - dedi 52 yoshli mutaxassis.
“Ayni dam Van-Bissaka yaxshi formada. U mashg‘ulotlarda qatnashmoqda va rivojlanmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi Ten Xag.
“Manchester Yunayted” Angliya Liga kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan “Byornli”ga qarshi o‘yinda 25 yoshli himoyachi asosiy tarkibda maydonga tushib, bitta assist amalga oshirdi.
Fikrlar