Van de Bekdan yana yuz o‘girishdi

  • 13.12.2021 12:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Niderlandiyaning eng iste’dodli pleymeykerlaridan hisoblangan Donni van de Bekning “Manchester Yunayted”ga o‘tgani xato bo‘lib chiqdi.

Bir necha klub orasidan manchesterliklarni tanlagan niderlandiyalik futbolchi ikki mavsumdirki, “Yunayted”ning asosiy tarkibiga kira olmayapti.

Bundan tashqari, ayni paytda bu o‘yinchiga etarli o‘yin amaliyoti beradigan jamoa ham topilmayapti.

Yaqinda “Everton” Donniga qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilgandi. Biroq uni jamoaga olib kelmoqchi bo‘lgan sport direktori Marsel Brands ishdan olinganidan keyin liverpulliklar Donni van de Bekni olish fikridan qaytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!