Van Deyk: "Barchamiz Salohni qolishini istaymiz, lekin..."

  • 14.12.2025 17:51
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" himoyachisi va sardori Virjil van Deyk so‘nggi haftalarda klubda sodir bo‘lgan voqealar va Muhammad Saloh haqida jurnalist Jeyms Pirsga kichik intervyu berdi. U Salohning qolishini aytib o‘tdi. 

"Men Salohga Afrika Millatlar kubogida omad tilayman va umid qilamanki u qaytib keladi. Men buni nazorat qila olmayman. U bilan birga bo‘lishni istayman, chunki Muhammad liderlardan biri. Keyingi haftalarda doimiy aloqada bo‘lib turamiz, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz"

Liverpool v PSV Eindhoven - UEFA Champions League - League Phase - Anfield

Saloh "Lids"ga qarshi o‘yindan keyin o‘z e’tirozlarini ommaga bildirgandi. Shundan keyin Chempionlar ligasi doirasida "Inter" bilan bo‘lgan uchrashuvda qaydnomaga kiritilmadi. Ammo futbolchi "Brayton"ga qarshi uchrashuvda maydonga qaytdi va bitta assist amalga oshirdi. 

"Men u bilan ko‘p narsalar haqida gaplashdim. Salohga qolishini istashimni aytdim, qolganini sizga ayta olmayman". 

Liverpool v Bournemouth - Premier League - Anfield

"Umid qilamizki, Saloh "AFCON"da zafar quchadi. Barchamiz uni qaytib kelishini istaymiz. Muhammad hali ham klub uchun muhim hisoblanadi, lekin bu erda boshqa narsalar ham bor"

Slot va Saloh o‘rtasida chiqqan ziddiyatdan keyin jamoa ikkita uchrashuv o‘tkazdi va ikkalasida ham g‘alaba qozondi. Bunday vaziyatda jamoa birlashib harakat qilgani borasida Van Deyk gapirib o‘tdi. 

FC Internazionale Milano v Liverpool FC - UEFA Champions League 2025/26 League Phase MD6

"Hammasini uchrashuvlardagi o‘yinimiz ko‘rsatib turibdi. Siz klubda muammo bor, deb hisoblaysiz, biroq biz bu haftada qanchalik birlasha olganimiz va bir butun bo‘lib harakat qilayotganimizni ko‘rsata oldik". 

"MO oxir-oqibat yaxshi reaktsiya ko‘rsatdi. U "Brayton"ga qarshi juda yaxshi o‘ynadi. Milanga bormadi, lekin biz bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etdi va yaxshi harakat qildi. Yigitlar bilan gaplashgan narsalarimga ko‘ra, biz bu vaziyatga yaxshi dosh bera oldik". 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!